O‘zbekistonning shaxmat Olimpiadasi uchun asosiy tarkibi ma’lum bo‘ldi
Sport
−
13:38 363 1 daqiqa
Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan 46-Butunjahon shaxmat Olimpiadasida O‘zbekiston sharafini himoya qiladigan asosiy terma jamoa tarkibi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda mamlakat Shaxmat federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ochiq yo‘nalishda ishtirok etadigan O‘zbekiston asosiy terma jamoasi quyidagi shaxmatchilardan iborat:
- Javohir Sindorov – 2778;
- Nodirbek Abdusattorov – 2762;
- Nodirbek Yoqubboyev – 2685;
- Shamsiddin Vohidov – 2654;
- Muhiddin Madaminov – 2611.
Jamoaga grossmeyster Rustam Qosimjonov murabbiy va kapitan sifatida boshchilik qiladi.
Mazkur tarkib 2022 yilda Hindistonning Chennay shahrida o‘tkazilgan Butunjahon shaxmat Olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritgan O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga deyarli mos keladi. Bu safargi yagona o‘zgarish – Jahongir Vohidov o‘rniga yosh grossmeyster Muhiddin Madaminovning jalb etilganidir.
Ma’lumot uchun, bugun, 15 sentyabr kuni 46-Butunjahon shaxmat Olimpiadasining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Ushbu olimpiada O‘zbekiston tarixida ilk marotaba o‘tkaziladigan shaxmat Olimpiadasi hisoblanadi. Turnir joriy yilning 27 sentyabr kuni o‘z nihoyasiga yetadi.