O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi ogohlantirish bilan chiqdi
Jamiyat
−
24 iyun 2023
51797O‘zbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi Rossiyada bo‘lib turgan fuqarolariga ogohlantirish bilan chiqdi.
O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolarini Rossiya Federatsiyasi hududida amalda bo‘lgan jamoat xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilishga, Rossiya va Ukrainaning chegaradosh hududlariga sayohat qilmaslikka, odamlar gavjum joylarga tashrif buyurmaslikka chaqirdi.
“Axborot maydonida tarqatilayotgan tasdiqlanmagan ma’lumotlarga berilmaslik va mamlakat rasmiy vakillarining ko‘rsatmalariga amal qilishni so‘raymiz. Sizga qulaylik yaratish maqsadida mamlakatimizning Rossiyadagi barcha diplomatik vakolatxonalari to‘liq ish rejimida ishlaydi. Zarur hollarda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan O‘zbekistonning Moskva shahridagi elchixonasining yagona Call-markaziga zudlik bilan murojaat qilishlarini so‘raymiz: +7-499 230-00-76, +7-499 238-36-20”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 23 iyun kuni “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi asoschisi Yevgeniy Prigojin Rossiya Mudofaa vazirligini uning kompaniyasi pozitsiyalariga zarba berishda ayblab, 25 ming kishi bu bilan shug‘ullanmoqchi ekanini aytgandi. Bugun, 24 iyun kuni esa “Vagner” jangchilari Rostovdagi Janubiy harbiy okrug shtab-kvartirasini egallab oldi. Buning ortidan Rossiya Mudofaa vazirligi “Vagner” hujum otryadlari jangchilariga, Prezident Vladimir Putin esa rossiyaliklarga murojaat bilan chiqdi.
LiveBarchasi