O‘zbekistonning rasmiy tur kompaniyasi – SOFA MARVA TOUR rahbariyati Saudiya Haj va Umra vaziri bilan uchrashdi
Biznes
−
19 fevral
3655Kecha, 18 fevral kuni Saudiya Arabistoni Podshohligi Haj va Umra vaziri doktor Tavfiq bin Favzon Ar-Rabi’a O‘zbekistonda bo‘lib, poytaxt Toshkentda Umra ziyoratini tashkil etuvchi rasmiy tur kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashdi. Ular orasida ko‘p yillik tajriba va ishonchga ega bo‘lgan SOFA MARVA TOUR jamoasi ham bo‘lib, tur kompaniya rahbari Avazbek Toshpo‘latov vazir Tavfiq bin Favzon Ar-Rabi’a bilan yakkama yakka uchrashib, Umra ziyoratini amalga oshirishdagi mavjud vaziyat yuzasidan muloqot qildi.
Uchrashuv davomida ziyoratchilar uchun dolzarb bo‘lgan bir qator muhim masalalar muhokama qilingan.
Ma’lumki, so‘nggi kunlarda Umra ziyoratini amalga oshirishni reja qilgan fuqarolar meningitga qarshi vaksina bilan emlanganligi haqidagi sertifikatga ega bo‘lishi zarurligi haqidagi gaplar tarqaldi. Vazir Tavfiq bin Favzon Ar-Rabi’aning uchrashuvda ma’lum qilishicha, hozirda Umra ziyorati uchun vaksina talabiga oid qaror vaqtincha to‘xtatilgan.
“Vazir janoblari ushbu talab qayta kuchga kirishi mumkinligini ta’kidlab, bu borada oldindan ogohlantirish berilishini ma’lum qildilar”, deydi SOFA MARVA TOUR kompaniyasi rahbari Avazbek Toshpo‘latov.
Muloqotda, shuningdek, Makka shahridagi yo‘l ta’mirlash ishlari xususida ham so‘z borgan. Hozirda ziyoratchilar uchun noqulaylik tug‘dirayotgan yo‘l qurilishlari Ramazon oyigacha yakunlanishi va to‘liq foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.
“Bu yangilik bizni quvontirdi, chunki ziyoratchilar uchun yanada qulay sharoit yaratiladi”, deydi SOFA MARVA TOUR kompaniyasi rahbari.
Umra vizasini olish jarayonini yanada soddalashtirish, uning tezroq berilishini ta’minlash hamda Umra vizasi bilan kelgan ziyoratchilar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish bo‘yicha ishlar olib borilayotgani ta’kidlangan.
Qolaversa, Ramazon oyida Umra ziyorati bilan bog‘liq tirbandliklarni oldini olish maqsadida yangi yo‘llar va avtobus qatnovi tizimi yaxshilanadi. Bu esa ziyoratchilarga katta qulaylik yaratadi.
“Bunday yangiliklar va e’tibor bizni quvontiradi. SOFA MARVA TOUR jamoasi o‘laroq Haj va Umra vazirligining bizga ajratgan vaqti va alohida e’tibori uchun minnatdorlik bildiramiz!” deydi SOFA MARVA TOUR kompaniyasi rahbari Avazbek Toshpo‘latov.
Ma’lumot o‘rnida, SOFA MARVA TOUR kompaniyasi 2022 yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan bo‘lib, 30 mingga yaqin fuqarolar ushbu kompaniya orqali Umra ziyoratini amalga oshirgan.
Murojaat uchun telefon: +998 97 450 16 82, +998 33 507 66 66
Reklama huquqi asosida
LiveBarchasi