O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasiga yangi elchi tayinlandi
Jamiyat
−
08 noyabr 2023
4773Amirsaid A’zamxo‘jayev O‘zbekistonning Polshadagi elchisi etib tayinlandi. Bu haqda “Dunyo” agentligi xabar berdi.
Bunga qadar Amirsaid A’zamxo‘jayev Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamentida, O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulligi konsuli bo‘lib ishlagan. 2020 yildan beri esa Bosh konsullikka rahbarlik qilgan. Diplomat 38 yoshda. Toshkent davlat jahon tillari universitetini tamomlagan.
Amirsaid A’zamxo‘jayev 2015 yildan boshlab O‘zbekistonning Polshadagi Muvaqqat ishlar vakili va 2019 yildan Favqulodda va Muxtor elchi vazifasida ishlagan Bahrom Boboyev o‘rniga tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nodir G‘aniyev O‘zbekistonning Shvetsiyadagi birinchi Favqulodda va muxtor elchisi sifatida ish boshlagandi.