O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxirasi ikkinchi oy kamaydi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston Respublikasining yalpi xalqaro zaxiralari joriy yilning 1 sentyabr holatiga ko‘ra, 34 mlrd 79,9 mln dollarni tashkil etdi. Bu avgust oyiga nisbatan  527,4 mln dollarga kam. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.

Zaxiralar tarkibidagi oltinning fizik qoldig‘i 12,3 mln troy unsiyani tashkil qilmoqda. Uning moliyaviy qiymati 21 078,6 mln dollardan 21 001,9  mln dollarga kamaygan.

Xorijiy valyutadagi zaxira aktivlar (erkin konvertatsiya qilinuvchi xorijiy valyutalarda) 12,47 mlrd dollardan 12,044 mlrd dollarga kamaygan.

Xalqaro zaxiralar xorijiy valyuta mablag‘lari, maxsus qarz olish huquqi, Xalqaro valyuta jamg‘armasidagi zaxira pozitsiyasi va oltindan iborat. Xorij valyutasi, asosan, banklarda saqlanadigan naqd pullarni o‘z ichiga oladi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi yalpi xalqaro zaxiralari 2022 yil boshidan 1,06 mlrd. dollarga yoki 3,0 foizga kamaydi. Bunda oltin narxining yil boshidagi 1799,25 dollardan 1712,40 dollargacha pasayishining ta’siri 1,07 mlrd. dollarni tashkil qildi.


Maqola muallifi

Teglar

oltin-valyuta

Baholaganlar

148

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing