O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxirasi kamaydi

Jamiyat

image

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari qariyb 294 mln dollarga kamaydi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

Markaziy bank O‘zbekistonning xalqaro valyuta zaxiralariga oid ma’lumotlarni yangilagan. Unga ko‘ra, oltin zaxiralari iyun oyida 500 million dollardan ortiqqa (27,31 milliard dollargacha) oshgan. Oltinning fizik hajmi 11,4 million troya unsiyadan 11,7 million troya unsiyagacha (+9,3 tonna) ko‘paygan. Xorijiy valyuta zaxiralari qiymati 9,23 milliard dollardan 8,43 milliard dollargacha qisqargan.

Hisobot davrida O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari umumiy hisobda qariyb 293,7 million dollarga kamaygan. 2024 yil boshidan beri valyuta rezervlari qariyb 900 million dollarga kamaygan.

May oyida regulyator ilk bor zaxiralarga oid ma’lumotlar tarkibida qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha statistikani taqdim etdi. Unga ko‘ra, qimmatli qog‘ozlar 35 million dollarni tashkil etgan.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yilning mart oyi oxirida O‘zbekiston oltin sotish bo‘yicha yetakchi bo‘lib, shu oyda 11 tonna qimmatbaho metall sotdi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston oltin-valyuta zaxira

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing