Narx ko‘tarilgani evaziga O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari rekord darajada oshdi
Jamiyat
−
08 noyabr
6305O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari ketma-ket to‘rt oydan beri o‘sib, 43,14 milliard dollarga yetdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, birgina oktyabr oyida zaxiralar miqdori 2 milliard dollarga oshgan. Mamlakat oltin-valyuta miqdori iyulda – 1,06 milliard dollarga, avgustda – 1,75 milliard dollarga, sentyabrda – 1,98 milliard dollarga yuqorilagan edi. O‘tgan oyda xorijiy valyuta zaxiralari 511 million dollarga oshgan – 8,709 milliarddan 9,220 milliard dollargacha ko‘paygan.
Ammo bu mamlakat oltin miqdori ko‘payganini anglatmaydi. Markaziy bankning yozishicha, zaxiralardagi oltinning fizik hajmi o‘zgarishsiz qolmoqda – 12 million troya unsiyasi (367 tonna). Shunchaki, oltin zaxiralari qiymati 1,44 milliard dollarga qimmatlab, 33,36 milliard dollarga yetgan.
Bundan tashqari, Markaziy bankning xorijiy hisobvaraqlaridagi naqd valyuta hajmi 445,5 million dollarga oshib, 9,11 milliard dollarga yetgan. Shundan 414,4 million dollari boshqa Markaziy banklar, XVJ va Xalqaro hisob-kitoblar bankida saqlanadi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 2 iyul kunida inflyatsiyaning kutilayotgan dinamikasi va inflyatsiyani oshiruvchi xatarlarning kamayganligini inobatga olib, Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani 0,5 foiz bandga pasaytirib, yillik 13,5 foiz darajasida belgilash to‘g‘risida qaror qabul qilgandi. 31 oktyabr kunida esa Markaziy bank asosiy stavkani yillik 13,5 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirganligi haqida xabar bergandi.
Jasmina Rasulova
LiveBarchasi