O‘zbekistonning Nyu-Yorkdagi bosh konsuli tayinlandi
Jamiyat
−
27 noyabr 2023
4415O‘zbekistonning Nyu-Yorkda yangi tayinlangan bosh konsuli Jamil Sharapov o‘z vazifasini bajarishga kirishdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Jamil Sharapov Toshkent davlat sharqshunoslik institutini (hozirgi Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti) tamomlagan. U Nyu-Yorkka tayinlanishidan oldin Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida turli lavozimlarda ishlagan.
Jamil Sharapov 2018-2023 yillarda Nyu-Yorkdagi Bosh konsullikni boshqargan Kamol Ikromov o‘rniga tayinlandi.
Bosh konsullikning konsullik okrugiga AQSHning quyidagi shtatlari va ma’muriy hududlari kiradi: Aydaxo, Ayova, Alyaska, Arizona, Vayoming, Vashington, Vermont, Virjiniya orollari, Viskonsin, Gavayi, Illinoys, Indiana, Kaliforniya, Kanzas, Konnektikut, Massachusets, Minnesota, Missuri, Michigan, Montana, Men, Nebraska, Nevada, Nyu-Gempshir, Nyu-Jersi, Nyu-York, Nyu-Meksiko, Ogayo, Oregon, Pensilvaniya, Puerto-Riko, Rod-Aylend, Shimoliy Dakota, Janubiy Dakota, Yuta, shuningdek, Meksika va Lotin Amerikasi mamlakatlari (Kuba va Braziliyadan tashqari – ushbu davlatlar O‘zbekistonning Vashingtondagi elchixonasi konsullik okrugiga kiradi).
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Qirg‘izistonning O‘sh shahriga O‘zbekistonning birinchi bosh konsuli tayinlangandi.
LiveBarchasi