AQŞda özbekistonlik erkak 8 mln dollarlik firibgarlikda gumonlanmoqda
3-sahifa
−
11:07 654 2 daqiqa
AQŞning Nyu-York ştatida tibbiy suğurta kompaniyalaridan millionlab dollar undirişga qaratilgan soxta dorixonalar sxemasi foş etildi. Mazkur işda gumonlanuvçilardan biri Özbekiston fuqarosi Bahodir Mirodimov ekani aytilmoqda. Bu haqda “ABC7 New York” xabar berdi.
Qayd etilişiça, Nassau okrugi huquq-tartibot idoralari Floral-Park va Friport şaharlaridagi ikkita dorixona faoliyatini tekşirgan. Tergovçilar uşbu muassasalar orqali Medicaid va Medicare davlat tibbiy suğurta dasturlari, şuningdek, xususiy suğurta kompaniyalariga qimmatbaho dori vositalari uçun soxta hisob-fakturalar yuborilganini aniqlagan.
Ma’lumotlarga köra, dorixonalar OIV va saraton kabi kasalliklarni davolaşda qöllanadigan qimmat dori vositalari uçun tölov talab qilgan. Biroq uşbu dorilar bemorlarga yetkazib berilmagan.
Tergov ma’lumotlariga köra, gumonlanuvçilar şifokorlarning şaxsiy ma’lumotlarini öğirlab, bemorlar nomidan qalbaki retseptlar rasmiylaştirgan. Söngra şu hujjatlar asosida suğurta taşkilotlariga murojaat qilgan.
Politsiya gumonlanuvçilar sifatida Özbekiston fuqarosi Bahodir Mirodimov va kurdistonlik Abdulhakim Berdiqulovni aniqlagan. Rasmiylar Mirodimov 31 kun içida 3 million dollar, Berdikulov esa 5 million dollar olganini bildirgan. Har ikki şaxs AQŞni tark etgan.
Nassau okrugi politsiyasi komissari Patrik Rayderning aytişiça, gumonlanuvçilar Nyu-York ştati haydovçilik guvohnomalaridan foydalanib, öz nomlariga korxonalar oçgan. Tergovçilar hozirça ikki erkak özaro boğliq holda işlaganini aniqlamagan. Biroq bu kabi sxemalarda boşqa şaxslar ham iştirok etgan bölişi mumkinligini taxmin qilmoqda.
Nassau okrugi prokurori Enn Donnelli firibgarlik soğliqni saqlaş tizimiga zarar yetkazişi va aholining tibbiy xizmatlar uçun xarajatlari oşişiga olib kelişini ta’kidlagan.
Mazkur iş doirasida aloqador korporatsiyalarga nisbatan oğir jinoyatlar böyiça ayblovlar qöyilgan. Ikki gumonlanuvçiga esa maqola e’lon qilingan vaqtda şaxsan ayblov e’lon qilinmagan. Tergov davom etmoqda, Nassau okrugi idoralari federal organlarni ham jalb qilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞda Özbekiston fuqarosi Sardor Tirkaşev qölga olingandi. Oq uy uni jinoiy ötmişga ega noqonuniy migrantlar orasida mamlakatdagi eng xavfli jinoyatçilardan biri deb atagani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi01 Noyabr