O‘zbekistonning mundialga chiqish imkoniyatlari qanday baholanyapti?
Sport
−
20 mart
18250O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionati-2026 turniriga chiqish imkoniyati 83%ga baholanmoqda. Bu haqda “Football meets data” xabar berdi.
“Football meets data” Jahon chempionati-2026 Osiyo mintaqasi 3-saralash bosqichidagi terma jamoalarning mundialga chiqish imkoniyatini foizlarda baholab chiqdi. Unga ko‘ra, Yaponiya terma jamoasi 100%, Eron 99%, Janubiy Koreya 98%, O‘zbekiston 83%, Avstraliya 66%, Iroq 63 foizga baholangan.
Shuningdek, Iordaniya 35%, BAA 16%, Bahrayn 12%, Qatarda o‘tgan Jahon chempionati-2022 ishtirokchisi Saudiya Arabistoni 11% va Xitoyning imkoniyati 8 foizga teng ko‘rilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi O‘zbekiston-Qirg‘iziston terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin oldidan qalbaki chiptalar bo‘yicha ogohlantirish bilan chiqqani haqida xabar berilgan edi.
LiveBarchasi