O‘zbekistonning muhofaza qilingan hududida jayralar shafqatsizlarcha o‘ldirilgani aytilmoqda
Jamiyat
−
20 Oktabr 2022
12177Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonning janubiy muhofaza qilingan tabiiy hududlarida ikki kishi jayralarni shafqatsizlarcha o‘ldirgani aks etgan video tarqaldi. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi holatga munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, qo‘mita va Ichki ishlar organlari xodimlaridan iborat “Ekologik patrul” guruhi tomonidan videotasvirda ko‘rsatilgan holat sodir etilgan manzil va fuqarolarning shaxsini aniqlash yuzasidan hozirda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi hamda Jinoyat kodekslarida hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lganlik uchun javobgarlik chorasi belgilangan.
LiveBarchasi