O‘zbekistonning koronavirusga qarshi kurash uchun olgan qarzi 1 mlrd dollardan oshdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonning koronaviruns pandemiyasining iqtisodiyotga ta’sirini kamaytirish uchun uchta xalqaro moliya instituti – Jahon banki, Xalqaro valyuta jamg‘armasi va Osiyo taraqqiyot bankidan olgan qarzlari miqdori 1 mlrd dollardan oshdi. Bu haqda Moliya vazirligi Davlat ichki va tashqi qarz Departamenti direktori Jasur Qarshibayev ma’lumot berdi.

Xususan, Jahon banki tomonidan Islohotlarni qo‘llab-quvvatlash loyihasi (2-transh) yuzasidan qo‘shimcha moliyalashtirish sifatida 200 mln. dollar miqdoridagi imtiyozli kredit 30 yil muddatga (shundan, 5 yil imtiyozli davr) 1,2 foiz o‘zgaruvchan stavkada (6 oylik libor + 0,88% o‘zgaruvchan spred) ajratildi.

Xalqaro valyuta jamg‘armasi tomonidan respublika iqtisodiyotiga koronavirus pandemiyasining salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida 375 mln. AQSH dollari ekvivalentida kredit mablag‘lari ajratildi.

Imtiyozli kreditlar o‘z ichiga 10 yil muddatga (shundan, 5 yil imtiyozli davr) 125 mln AQSH dollariga teng foizsiz tezkor kreditlash liniyasi va 5 yil muddatga (shundan, 3 yil imtiyozli davr) 250 mln. AQSH dollari 1,05 foiz o‘zgaruvchan stavkadagi tezkor moliyalashtirish instrumentini oladi.

Osiyo taraqqiyot banki tomonidan 500 mln AQSH dollari miqdoridagi byudjetni qo‘llab-quvvatlash uchun imtiyozli kredit 15 yilga (shundan, 3 yil imtiyozli) 0,84 foiz o‘zgaruvchan stavkada (6 oylik libor + 0,5 foiz) ajratildi.

Qayd etilishicha, Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasiga xalqaro moliyaviy institutlardan jalb qilingan mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hamda Hukumatning tegishli farmon, qaror va ko‘rsatmalariga asosan ajratilmoqda hamda mazkur ajratilgan mablag‘larning sarfi bo‘yicha tegishli ma’lumotlar Moliya vazirligining veb saytlarida, telegram kanallarida muntazam ravishda e’lon qilinib kelinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidentining “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida 1 mlrd dollargacha kredit jalb qilish belgilangandi


Maqola muallifi

Teglar

qarz Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

96

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing