O‘zbekistonning Qatardagi birinchi elchisi tayinlandi

Jamiyat

image

11 fevral kuni O‘zbekistonning yangi tayinlangan elchisi Ashraf Xo‘jayev  Qatar poytaxtiga yetib bordi.

Dohaga tayinlanishidan oldin u TIVning Iqtisodiy diplomatiya departamenti direktori lavozimida ishlab kelgan. Bu haqda "Dunyo" axborot agentligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 43 yoshli diplomat Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, Pekin universitetini tamomlagan. Iqtisodiyot fanlari nomzodi (PhD) ilmiy darajasiga ega.

TIV tizimidagi faoliyatini 2005 yilda referent sifatida boshlagan. O‘tgan yillar davomda u vazirlik markaziy apparatida, shuningdek, Nyu-York shahridagi O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakolatxonasida va Buyuk Britaniyadagi elchixonada turli lavozimlarda ishlagan.

2018 yildan e’tiboran Tashqi ishlar vazirligining Iqtisodiy diplomatiya departamenti boshqarma, bosh boshqarma boshlig‘i va direktori bo‘lib faoliyat olib borgan.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning 11 dekabr kuni ilk bor Qatar poytaxti Dohada O‘zbekiston Respublikasi Elchixonasi ochilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Doha elchi Qatar Ashraf Xo'jaev sharqshunoslik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made