O‘zbekistonning qancha fuqarosi Polshada qolmoqda?

Jamiyat

image

O‘zbekistonning evakuatsiya qilinishi kerak bo‘lgan 1100 dan ortiq fuqarosi Polsha hududida qolmoqda. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi Matbuot kotibi Yusuf Qobuljonov ma’lum qildi.

Polsha hududida O‘zbekistonning 1100 dan ortiq fuqarosi qolmoqda. Ulardan 550 nafari Polsha davlat chegarasidagi to‘planish nuqtasiga, 550 nafari esa Katovitse aeroportiga joylashtirilgan.

“Joriy yilning 2-3 mart kunlari “Uzbekistan Airways” AJning uchta samolyoti bilan 671 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Polshaning Katovitse aeroporti orqali Ukrainadan evakuatsiya qilindi. Ular orasida 129 ayollar, 82 bolalar va 14 chaqaloqlar bor.

Umumiy hisobda Ukrainadan Polsha hududi orqali sakkizta aviareyslar bilan 1 859 nafar vatandoshimiz olib kelindi. Bugun yana bir necha evakuatsiya qatnovini tashkil etish rejalashtirilgan”, degan Qobuljonov.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasining Ukrainadagi Elchixonasi tomonidan jangovar harakatlar ketayotganiga qaramay, fuqarolarni evakuatsiya qilish ishlari davom ettirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, kelgusida evakuatsiya qilish uchun Ukrainadan Polshaga o‘tgan O‘zbekiston fuqarolari ushbu mamlakatda 15 martgacha qolishi mumkin. Muddat tugagach, viza rejimiga ko‘ra fuqarolarni jarimaga tortish boshlanadi.

Avvalroq O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixona 4300 nafarga yaqin fuqaroni ro‘yxatga olgani ma’lum qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

evakuatsiya

Baholaganlar

48

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing