Oleşkidan aholini evakuatsiya qiliş boşlandi

Olam

−

image

Bugun, 30 oktyabr kuni Ukrainaning Oleşki şahridan ketişni istagan aholini evakuatsiya qiliş işlari boşlandi. Şaharni tark etmoqçi bölgan fuqarolar avtobuslarga joylaştirilmoqda. Bu haqda Rossiyadagi Inson huquqlari böyiça vakil Yana Lantratova ma’lum qildi.

Uning aytişiça, aholi orasida Rossiya hududiga ketişni istaganlar ham, Ukraina hududiga borişni xohlayotganlar ham bor. Barça fuqarolarga özlari istagan yönalişda ketiş imkoniyati yaratiladi.

“Biz hozir Oleşki şahridamiz. Bu yerda Rossiya hududiga ketişni istagan odamlar ham, Ukraina hududiga borişni xohlayotgan fuqarolar ham yiğilmoqda. Barça uçun bunday imkoniyat yaratiladi. Şu sababli odamlar asta-sekin avtobuslarga joylaştirilmoqda”, deydi Ombudsman.

Ma’lum qilinişiça, Lantratova bugun, 30 oktyabr kuni ertalab gumanitar missiyaga start bergan. Kunning ikkinçi yarmida mahalliy aholiga oziq-ovqat mahsulotlari, gigiyena vositalari, generatorlar uçun yoqilği va boşqa zarur buyumlar tarqatila boşlangan.

“Biz odamlarning özlari söragan narsalarni yiğdik. Bu, ayniqsa, şaharda qolişga qaror qilganlar uçun muhim. Bu ularning uyi. Ular yaqinlariga ğamxörlik qilişi kerak”, deydi Lantratova.

U avvalroq Rossiya va Ukraina tomonlari öz zimmasiga olgan majburiyatlarni töliq bajarayotganini bildirgan. Uning sözlariga köra, öt oçişni töxtatiş tartibi saqlanib qolmoqda va heç qanday hodisa qayd etilmagan.

Gumanitar operatsiyani yoritiş uçun şaharga turli mamlakatlardan 50 nafardan ortiq jurnalist taşrif buyurgan.

Ma’lumot uçun, Oleşki şahri Dnepr daryosining çap qirğoğida, Ukraina Qurolli kuçlari nazoratidagi Xerson şahri röparasida joylaşgan. Ukraina tomonidan amalga oşirilayotgan öqqa tutişlar sababli hududda vaziyat murakkablaşgan.

Gumanitar missiyani ötkaziş uçun aholi punkti atrofida vaqtinçalik öt oçişni töxtatiş tartibi joriy etilgan. U joriy yilning 1 noyabr kuni soat 22:59 ga qadar davom etadi.

Operatsiyani taşkil etişda muvofiqlaştiruvçi rol AQŞning birinçi xonimi Melaniya Trampga tegişli.

Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya va Ukraina kelişuvga asosan Xerson viloyatining Rossiya qöşinlari nazoratidagi Oleşki şahrida öt oçiş töxtatilgani haqida xabar berilgan edi.

Jasmina Murtazoyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing