O‘zbekistonning Indoneziyadagi yangi elchisi tayinlandi
Jamiyat
−
04 noyabr
1670Oybek Eshonov O‘zbekistonning Indoneziyadagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi. Bu haqda “Dunyo” agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, yangi tayinlangan elchi 2008 yildan 2017 yilgacha O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasiga rahbarlik qilgan. Yangi lavozimga tayinlangunga qadar Oybek Eshonov TIVning Janubiy Osiyo, Yaqin, O‘rta Sharq va Afrika mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Oybek Eshonov 2018-2022 yillarda O‘zbekistonning Jakartadagi elchixonasiga rahbarlik qilgan va “O‘zavtosanoat” AK boshqaruvi raisi etib tasdiqlangan Ulug‘bek Rozukulov o‘rnini egallagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Dilshod Ahatov O‘zbekistonning Shveysariyadagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangandi. Elchi joriy yilning 25 oktyabr kuni Shveysariya Prezidenti Viola Amerdga o‘zining ishonch yorliqlarini topshirgan.
LiveBarchasi