O‘zbekistonning ikkinchi raketkasi o‘zgardi
Sport
−
02 fevral 4107 1 daqiqa
Bugun, 2 fevral kuni Xalqaro ayol tennischilar assotsiatsiyasi (WTA) professional tennischilarning yangilangan reytingini e’lon qildi. Unda “Australian Open” ishtirokchisi Polina Kudermetova O‘zbekistoning ikkinchi raketkasiga aylandi.
Yangilangan reytingga ko‘ra, O‘zbekistonning birinchi raketkasi Kamilla Rahimova o‘z o‘rnini saqlab qoldi. U hamon reytingda 93-o‘rindan joy olgan. Polina Kudermetova esa “Australian Open”dagi ishtirokidan so‘ng reytingdan 11 pog‘ona yuqorilab, 139-o‘rin bilan mamlakatning ikkinchi raketkasi maqomini Mariya Timofeyevadan olib qo‘ydi. Timofeyeva reytingda 17 pog‘onaga pastlab 155-o‘rindan joy oldi.
Dunyo tennischilarining top-10 taligida Avstraliya ochiq chempionatidan keyin bir qator o‘zgarishlar kuzatildi. Musobaqa chempionligini qo‘lga kiritgan qozog‘istonlik Yelena Ribakina 5-pog‘onadan 3-o‘ringa yuqoriladi. Amerikalik Koko Gauff esa 3-o‘rindan 5-pog‘onaga tushdi. “Australian Open” finalida Ribakinaga yutqazib qo‘yishiga qaramay, reytingda hamon belaruslik Arina Sobolenko katta farq bilan peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o‘rindan polshalik Iga Svyontek joy olgan.
Live
BarchasiErdo‘g‘an Saudiyaga bordi
03 fevral
Qashqadaryoda YPX mashinasi yonib ketdi
03 fevral