O‘zbekistonning davlat qarzi kamaydi
Jamiyat
−
28 iyul 2021
122502021 yilning I chorak yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonning umumiy davlat qarzi 23,2 mlrd dollarga teng bo‘lib, yil boshiga nisbatan biroz kamaydi. Bu haqda O‘zbekiston Markaziy banki sharhida xabar qilingan.
Davlat qarzining 21 mlrd dollari tashqi va 2,2 mlrd dollari ichki qarz.
O‘z navbatida, Moliya vazirligi tomonidan ichki bozorga joriy yilning I yarim yilligida 2,2 trln. so‘mlik davlat qimmatli qog‘ozlari muomalaga chiqarildi. 2021 yil 1 iyul holatiga jami obligatsiyalar qoldig‘i 3,2 trln. so‘mni tashkil etdi.
Ma’lumot uchun, Moliya vazirligi 2021 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning umumiy davlat qarzi 23,3 mlrd dollarni tashkil qilayotgani haqida xabar bergandi.
Avvalroq joriy yil oxirigacha O‘zbekistonning jam davlat qarzi 28,3 mlrd AQSH dollariga yetishi prognoz qilinayotgani xabar qilingandi. Bunda tashqi davlat qarzi 25 mlrd dollardan ortiqni tashkil qiladi.
LiveBarchasi