O‘zbekistonning davlat qarzi qanchaligi ochiqlandi
Jamiyat
−
17 avgust 2023
34304O‘zbekistonning davlat qarzi qoldig‘i 2023 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra 29,2 milliard dollarni tashkil etdi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonning davlat qarzi qoldig‘i 2023 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra 29,2 milliard dollarni (shundan, tashqi qarz – 25,9 milliard dollar, ichki qarzi – 3,3 milliard dollar) yoki yalpi ichki mahsulotga (YAIM) nisbatan 36,4 foizni tashkil etdi.
Xususan, davlat qarzining YAIMga nisbati 2021 yil boshidagi 39,0 foizdan (2021 yil yakunida 38,0 foiz) 2022 yil yakunigacha 36,4 foizga pasaygan.
Xalqaro valyuta jamg‘armasining mamlakatlar iqtisodiyotiga bag‘ishlangan hisobotiga ko‘ra, O‘zbekistonning davlat qarzi bugungi kunda “mo‘’tadil” darajada hisoblanadi.
Unga ko‘ra, davlat qarzi 2022 yil davomida 2,9 milliard dollarga oshgan bo‘lsa-da, AQSH dollari hisobida yalpi ichki mahsulot tez sur’atlarda, ya’ni 11,1 milliard dollarga o‘sganligi tufayli davlat qarzining YAIMga nisbati pasaygan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Davlat qarzi to‘g‘risida”gi qonun imzolangan edi. Qonun bilan O‘zbekistonda Davlat qarzi yalpi ichki mahsulotning 60 foizidan oshmasligi belgilangan.
LiveBarchasi