O‘zbekistonning chet davlatlarda joylashgan referendum uchastkalari xaritasi yaratildi
Jamiyat
−
04 aprel 2023 5336 1 daqiqa
O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida 55 ta referendum uchastkasi tuziladi. Bu haqda “Dunyo” agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, referendum bo‘yicha saylov uchastkalari ishini elchixona xodimlari, konsullar, elchixona maslahatchilari, vatandoshlar ta’minlaydi.
Eng yaqin referendum saylov uchastkalari haqida ma’lumotni ushbu havola orqali olishingiz mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2023 yil 10 martdagi hamda Oliy Majlis Senatining 14 martdagi qarorlariga muvofiq “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha referendum 2023 yil 30 aprel – yakshanba kuni o‘tkazilishi belgilangan.
Shuningdek, O‘zbekistonda 2023 yil 19-26 aprel kunlari Konstitutsiyaviy qonun referendumiga muddatidan oldin ovoz berish o‘tkaziladi.
Live
Barchasi