Tramp urushdan keyin Eron xaritasi o‘zgarishi mumkinligini aytdi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp AQSH va Isroil bilan urushdan keyin Eronning hududiy chegaralari o‘zgarishi mumkinligini taxmin qildi. Bu haqda u kecha, 7 mart kuni Air Force One bortida jurnalistlar bilan suhbatda so‘z ochdi.

Trampdan urushdan keyin Eron xaritasi avvalgidek qoladimi, deb so‘rashganda, u: “Buni sizga ayta olmayman. Ehtimol, yo‘q”, deb javob bergan.

Bundan tashqari, Tramp Eronning yangi yetakchisi sifatida “eronliklarni urushga tortmaydigan” shaxs bo‘lishini afzal ko‘rishini aytgan.

“Ha. Buni amalga oshirish uchun har besh yoki o‘n yilda qaytib kelishimiz shart emas. Biz ularni [eronliklarni] urushga tortmaydigan yetakchini tanlashni xohlaymiz”, dedi Prezident Amerika tomoni Eronning navbatdagi rahbarini tanlashda ishtirok etishni xohlaydimi degan savolga javoban.

The New York Times nashrining yozishicha, Oliy rahbarlik lavozimiga asosiy nomzod sifatida Ali Xomanaiyning ikkinchi o‘g‘li, 56 yoshli Mujtabo ko‘rilmoqda.

Tramp Mujtaboning nomzodini “qabul qilib bo‘lmas” deb atagan. U AQSH “besh yildan keyin” yana urushga kirmasligi uchun o‘zidan oldingi rahbarning siyosatini davom ettiradigan yetakchi tayinlanishini xohlamasligini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eronda mamlakat Oliy rahbarini saylash bo‘yicha yakdillikka erishilgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Eron Tramp Isroil xarita

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing