Senat referendum 30 aprelda o‘tkazilishini ma’qulladi

Jamiyat

image

Bugun, 14 mart kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘ttiz sakkizinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi. Senatorlar “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi bo‘yicha referendum o‘tkazish haqidagi masalani ko‘rib chiqdi va bir ovozdan ma’qulladi. 

Joriy yil 10 mart kuni Qonunchilik palatasi majlisi o‘tkazilib, unda Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha referendumni tayinlash va uni o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Qarorda, uning Konstitutsiyaga muvofiqligini aniqlash uchun uni Konstitutsiyaviy sudga yuborish va uning xulosasini olish ham belgilangan edi. 

Konstitutsiyaviy sud joriy yil 13 mart kuni o‘z majlisini o‘tkazib, yuqoridagi qarorni o‘rgandi va uni Konstitutsiyaga muvofiq deb topdi. “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, Konstitutsiyaviy qonun loyihasi Senatda ko‘rib chiqildi. 

Muhokamalar natijasida senatorlar tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazish haqida”gi qaror qabul qilinib, unga ko‘ra referendum joriy yil 30 aprel kuniga tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Senat referendum

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing