O‘zbekistonning CAFA Nations Cup’dagi o‘yinlari yangi stadionda o‘tadi
Sport
−
25 avgust 11489 1 daqiqa
Joriy yilning 30 avgustidan 8 sentyabrigacha Toshkentda “CAFA Nations Cup-2025” musobaqasi bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi ishtirokidagi uchrashuvlar Olimpiya shaharchasida joylashgan yangi stadionda o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, o‘yinlar soat 19:30 da boshlanadi. Shuningdek, guruhdagi boshqa uchrashuvlar “JAR” stadionida bo‘lib o‘tadi. 8 sentyabr kungi final uchrashuviga esa “Olimpiya” stadioni mezbonlik qiladi.

Ma’lumot uchun, musobaqa mezboni sifatida O‘zbekiston “A” guruhidan o‘rin olgan. Raqiblar: Qirg‘iz Respublikasi, Turkmaniston va Ummon. O‘zbekiston MTJ musobaqadagi ishtirokini 30 avgust kuni Ummonga qarshi o‘yin bilan boshlaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze turnirga bag‘ishlangan yig‘in uchun kengaytirilgan tarkibni e’lon qilgandi.
Live
Barchasi