Yusupovning jarohati kutilganidan jiddiyroq bo‘lib chiqdi – OAV
Sport
−
20 Sentabr 2025 10501 1 daqiqa
O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Eronning “Fulad” klubi darvozaboni O‘tkir Yusupovning CAFA Nations Cup turnirida olgan jarohati kutilganidan jiddiyroq bo‘lib chiqdi. Bu haqda “Footballi” xabar berdi.
Nashrning yozishicha, O‘tkir Yusupov “Fulad Xuziston” jamoasining so‘nggi kunlardagi mashg‘ulotlarda qatnashmayapti. U, ehtimol, jarrohlik amaliyotiga murojaat qilishi mumkin, biroq Yusupovning “Fulad” mashg‘ulotlariga qachon qaytishi hozircha noma’lum.
“Ertaga “Fulad” Oliy liganing to‘rtinchi turida “Xeybar Xurramobod”ni qabul qiladi”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Yusupov O‘zbekiston va Eron milliy terma jamoalari o‘rtasidagi CAFA Nations Cup-2025 final uchrashuvida jarohat olib, maydonni tark etgandi. Ushbu jarohat tufayli darvozabon Eronga ketmagan va davolanish uchun O‘zbekistonda qolgan.
Eslatib o‘tamiz, mazkur uchrashuvda O‘zbekiston Xojiakbar Alijonovning so‘nggi daqiqalarda urgan goli evaziga Eron ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, turnir chempioni bo‘lgan edi.