O‘zbekistonning Qirg‘izistonga qarshi asosiy tarkibi e’lon qilindi

Sport

image

Bugun, 5 sentyabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi CAFA Nations Cup turniri doirasida Qirg‘iziston milliy terma jamoasiga qarshi guruh bosqichi 3-tur o‘yinida maydonga tushadi. Mazkur bahsni asosiy tarkibda boshlaydigan o‘zbekistonlik futbolchilar ma’lum bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, agar bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi g‘alaba qozonsa, turnirning final bosqichiga chiqishi mumkin. O‘tgan turda “oq bo‘rilar” Turkmaniston milliy terma jamoasini 2:1 hisobida mag‘lub qilgandi. Guruhdagi boshqa uchrashuvda esa Ummon milliy terma jamoasi qirg‘izistonliklardan 2:1 hisobida ustun kelgan. Shu tariqa, O‘zbekiston va Ummon 4 ochkodan jamg‘arib, guruhda finalga chiqish uchun da’vogarlik qilmoqda.

O‘yin soat 19:30 da “Olimpiya” stadionida start oladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston milliy terma jamoasi CAFA Nations Cup asosiy tarkib

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing