O‘tkir Yusupov Avstriyada operatsiya qilindi
Sport
−
15 Oktabr 2025 6775 1 daqiqa
O‘zbekiston milliy terma jamoasi darvozaboni O‘tkir Yusupov Avstriyada tizzasida o‘tkazilgan jarrohlik amaliyotini muvaffaqiyatli tarzda yakunladi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 15 oktyabr kuni futbolchi davolanish olib borilgan klinikadan chiqadi va reabilitatsiya jarayonini “Armonia” nomli maxsus tibbiy markazda davom ettiradi. Tiklanish jarayoni malakali mutaxassislar nazorati ostida amalga oshiriladi.
“O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi O‘tkir Yusupovga tez orada to‘liq sog‘ayib, yana maydonga qaytishini tilab qoladi”, deyiladi xabarda.
Qayd etish joiz, Yusupov O‘zbekiston va Eron milliy terma jamoalari o‘rtasidagi CAFA Nations Cup-2025 final uchrashuvida jarohat olib, maydonni tark etgandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yusupovning jarrohlik amaliyoti uchun Sadio Mane, Federiko Keza, Lyuka Ernandes, Leroy Sane va David Alaba singari futbolchilar bilan ishlagan tajribali mutaxassis Fink Kristian jalb etilgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025