“Real Madrid” himoyachisi uzoq muddatga safdan chiqdi

Sport

image

Madridning “Real” klubi sardori Dani Karvaxal o‘ng tizzasidagi jarohati sababli artroskopik jarrohlik amaliyotini o‘tkazadi. Tibbiy tekshiruvlarda Karvaxalning tizzasida bo‘g‘im ichidagi shikastlanish aniqlangani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

“Real Madrid” tibbiyot xizmati jamoa sardori Dani Karvaxalda o‘tkazilgan tekshiruvlardan so‘ng, uning o‘ng tizzasida bo‘g‘im ichki shikastlanishi aniqlanganini ma’lum qildi. Futbolchida artroskopiya amaliyoti o‘tkaziladi”, deyiladi klub rasmiy bayonotida.

33 yoshli ispaniyalik himoyachi “Barselona”ga qarshi o‘tgan (2:1) uchrashuvning 72-daqiqasida zaxiraga olinganidan so‘ng o‘zini noqulay his qilgani sababli tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. Bu o‘yin Karvaxal uchun “Atletiko Madrid”ga qarshi bahsda olgan jarohatidan keyin maydonga qaytgan ilk uchrashuv bo‘lgan edi, shu sababli  futbolchi avvalgi jarohatini qaytalangan bo‘lishi mumkin.

Klub bayonotida futbolchining tiklanish muddati ko‘rsatilmagan, biroq mahalliy OAV xabarlariga ko‘ra, Karvaxal 2026 yil boshigacha safdan chiqqanni aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Italiyaning “Napoli” klubi yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne mushaklaridagi og‘ir jarohat sabab yil oxirigacha safdan chiqqan edi.


Maqola muallifi

Teglar

jarrohlik amaliyoti “Real Madrid” Dani Karvaxal

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing