Raul “Ovedo” boş murabbiyi etib tayinlandi

Sport

−

image

Ispaniya terma jamoasi va “Real Madrid”ning sobiq hujumçisi Raul Gonsales “Ovedo” boş murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, mutaxassis bilan tuzilgan şartnoma 2028 yilning iyun oyiga qadar amal qiladi.

49 yoşli Raul 1994 yildan 2010 yilgaça “Real Madrid” safida töp surgan va klub tarixidagi eng yaxşi töpurarlar orasida uçinçi örinni egallab turibdi. U madridliklar safida 323 ta gol urgan. Şuningdek, Germaniyaning “Şalke”, Qatarning “Al-Sadd” va Nyu-Yorkning “Kosmos” jamoalarida ham faoliyat yuritgan.

Futbolçilik faoliyati davomida u olti marta Ispaniya çempionligi va uç marta Çempionlar ligasida ğolib çiqqan. Ispaniya terma jamoasi safida esa 102 ta uçraşuvda maydonga tuşib, 44 ta gol urgan. Bu körsatkiç böyiça faqat David Vilya (59 ta gol) undan oldinda.

Raul 2018 yildan 2025 yilgaça “Real Madrid”ning yoşlar va ösmirlar jamoalariga murabbiylik qilgan.

Ma’lumot uçun, “Ovedo” hozirda Ispaniyaning ikkinçi divizioni – Segundada iştirok etadi. Jamoa 13 turdan keyin 21 oçko jamğargan va turnir jadvalida töqqizinçi örinda bormoqda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing