Çuameni Fransiya terma jamoasi maşğulotlarida jarohat oldi
Sport
−
10:31 252 1 daqiqa
“Real Madrid” yarim himoyaçisi Orelen Çuameni Fransiya terma jamoasi safida jarohat oldi. Bu haqda “L’Équipe” naşri xabar berdi.
Çuameni çov sohasidagi oğriq sababli seşanba kuni maşğulotlarni oxirigaça davom ettira olmagan. Futbolçining jarohati xususiyati va oğirlik darajasini aniqlaş uçun tibbiy tekşiruvdan ötkazilişi rejalaştirilgan.
U şu sababli UEFA Millatlar ligasi doirasida ertaga, 12 noyabr kuni Italiyaga qarşi safardagi hamda 15 noyabr kuni Turkiyaga qarşi öz maydonidagi uçraşuvlarni ötkazib yuboradi. Keyinçalik futbolçi öng son muşagidagi jarohat sababli terma jamoa ixtiyorini tark etişi va Madridga qaytişi ma’lum böldi.
Avvalroq Çuameni jismoniy holati bilan boğliq muammolar tufayli joriy yilning sentyabr va oktyabr oylarida ham Fransiya terma jamoasining öyinlarini ötkazib yuborgan edi.
Ma’lumot uçun, 26 yoşli futbolçi Fransiya terma jamoasi safida 50 ta uçraşuvda maydonga tuşib, uçta gol urgan. U milliy jamoa bilan 2022 yilgi Jahon çempionatida kumuş medallarni qölga kiritgan va 2021 yilda UEFA Millatlar ligasi ğolibi bölgan.
Live
Barchasi