O‘tkir Yusupov “Navbahor”ga qaytdi

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasining asosiy darvozaboni O‘tkir Yusupov Namanganing “Navbahor” jamoasi futbolchisiga aylandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Yusupov faoliyati davomida Muborakning “Mash’al”, Qarshining “Nasaf”, Farg‘onaning “Neftchi”, “Qo‘qon - 1912”, Namanganning “Navbahor” va Eronning “Fulad” jamoalarida o‘ynagan. 

Shuningdek, u 2018 yildan buyon O‘zbekiston milliy terma jamoasi darvozasini qo‘riqlab, terma jamoaning JCH-2026 yo‘llanmasini qo‘lga kiritishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shgan.

O‘tkir Yusupovning 1,5 yillik tanaffusdan so‘ng, yana yangi mavsumni  “Navbahor” jamoasida o‘tkazadi. 

Ma’lumot uchun, Yusupov O‘zbekiston va Eron milliy terma jamoalari o‘rtasidagi CAFA Nations Cup-2025 final uchrashuvida jarohat olgandan so‘ng Avstriyada tizzasida o‘tkazilgan jarrohlik amaliyoti o‘tkazgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namanganning “Navbahor” jamoasi O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq murabbiyi Temur Kapadzeni  bosh murabbiyi etib tayinlagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston “Navbahor” O'tkir Yusupov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing