Temur Kapadze “Navbahor” bosh murabbiyi etib tayinlandi
Sport
−
01 dekabr 5882 1 daqiqa
O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Temur Kapadze Namanganning “Navbahor” klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
“Navbahor” rahbariyati Timur Kapadzening tajribasi, professional qarashlari va zamonaviy futbolga oid yondashuvi klub oldiga qo‘yilgan maqsadlarni amalga oshirishda muhim o‘rin tutishiga ishonch bildiradi. Yangi bosh murabbiy bugundan boshlab jamoa bilan ishlashni boshlaydi”, deyiladi klub xabarida.
Tajribali mutaxassis klub rahbariyati bilan barcha masalalarni muhokama qilgan holda, jamoadagi kelgusi rejalar va maqsadlar yuzasidan to‘liq kelishuvga erishgan. Tomonlar o‘zaro shartnoma tafsilotlari oshkor etilmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston milliy terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi, keyinchalik yordamchi murabbiy sifatida faoliyat yuritgan Temur Kapadze terma jamoadan ketgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi