O‘zbekiston MTJning CAFA Nations Cup uchun qaydnomasi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi joriy oy oxiri va sentyabr boshida Toshkentda o‘tadigan CAFA Nations Cup-2025 musobaqasida ishtirok etadi. Jamoa bosh murabbiyi Timur Kapadze turnirga bag‘ishlangan yig‘in uchun kengaytirilgan tarkibni e’lon qildi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston MTJ 26 avgust kuni navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlariga kirishadi. Kengaytirilgan tarkibdan 35 nafar futbolchi o‘rin olgan. Jumladan, 4 nafar darvozabon, 13 nafar himoyachi, 9 nafar yarim himoyachi va 9 nafar hujumchi tarkibga jalb etilgan.

Ma’lumot uchun, CAFA Nations Cup-2025 musobaqasi joriy yilning 29 avgustidan 8 sentyabrigacha o‘tkaziladi. Musobaqa mezboni sifatida O‘zbekiston “A” guruhidan o‘rin olgan. Raqiblar: Qirg‘iz Respublikasi, Turkmaniston va Ummon. O‘zbekiston MTJ musobaqadagi ishtirokini 30 avgust kuni Ummonga qarshi o‘yin bilan boshlaydi.


Maqola muallifi

Teglar

CAFA Nations Cup milliy terma jamoa

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing