O‘zbekistonning amaldagi chempioni guruhda qolib ketdi
Sport
−
08 may 2019
4707Kecha, 7 may kuni Osiyo Chempionlar ligasining guruh bosqichi 5 tur o‘yinlari davom ettirildi.
Unda Toshkentning “Lokomotiv” klubi BAAda mahalliy “Al Vahda” jamoasi bilan kuch sinashdi. O‘yinda hisobni birinchi bo‘lib “temiryo‘lchilar” vaki Temurxo‘ja Abduxoliqov ochgan bo‘lishiga qaramasdan, yakunda alamli mag‘lubiyatni qabul qilib oldi.
E’tiborlisi, bu mag‘lubiyat “Lokomotiv”ning ijoriy mavsum OCHLdagi 3 mag‘lubiyatiga aylanib, jamoa keyingi bosqichga chiqish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi.
“Al Vahda” – “Lokomotiv” 3:1 (0:0, 3:1).
Gol: 0:1 – Timurxo‘ja Abduxoliqov (48), 1:1 – Sebastyan Tangliabyue (59), 2:1 – Leonardu (77), 3:1 – Halil (90).
“Al Vahda”: Muhammad al-Shamsi, Muhammad al-Menhali, Hamdan al-Kamoli, Ismoil Matar, Sebastyan Tagliabyue, Nozim al-Maazm, Rim Chang Vu, Ahmad al-Mehrzi, Leonardo, Hussayn Abbos, Halil Ibrohim.
“Lokomotiv”: Javohir Ilyosov, Oleg Zoteyev, Anzur Ismoilov, Igor Yelich, Davron Hoshimov, Yovan Jokich, Azizbek Haydarov (s), Arslanmurat Amanov, Sardor Mirzayev, Husniddin G‘ofurov, Timurxo‘ja Abduxoliqov.
Ogohlantirishlar: Muhammad al-Menhali (37), Davron Hoshimov (50), Leonardo (56).
LiveBarchasi