O‘zbekistonning AQSHdagi elchisi okeanortidagi fuqarolarni ogohlantirdi
Jamiyat
−
03 iyun 2020
11857Xabaringiz bor, AQSHda afroamerikalik Jorj Floydning politsiya xodimi tizzasi ostida nafas ololmay o‘lishi ortidan boshlangan tartibsizliklar kundan kunga kuchayib boryapti. Shu sababli O‘zbekistonning Amerikadagi elchisi Javlon Vahobov mamlakatdagi o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi.
“AQSHning qator shaharlaridagi vaziyat tufayli O‘zbekiston elchixonasi AQSHdagi barcha O‘zbekiston fuqarolaridan ehtiyot choralarini ko‘rishini, mahalliy hokimiyat ko‘rsatmalariga amal qilib, odamlar to‘plangan joylardan uzoqroq yurishni so‘raydi. Sizning xavfsizligingiz – bizning bosh maqsadimiz!”, degan elchi Vahobov.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 25 may kuni Minneapolis politsiyasi afroamerikalik Jorj Floydni hibsga oldi. Qo‘lga olish paytida politsiyachi erkakning bo‘ynini tizzasi bilan bosib turdi. Floyd “men bo‘g‘ilyapman”, deb bir necha marta aytgan bo‘lsa ham huquq-tartibot idorasi xodimi bunga e’tibor bermagan. Oqibatda, erkak reanimatsiyada vafot etgan. Bu AQSHda ommaviy norozilik va tartibsizliklarni keltirib chiqardi.
Sud-tibbiy ekspertizasi Jorj Floyd boshqa yondosh kasalliklardan emas, aynan bo‘yin va yelkaning qattiq bosilishidan nafas ololmay o‘lganini ta’kidladi.
Amerika shaharlarida boshlangan taloto‘pda 11 kishi halok bo‘lgani aytildi. AQSHda boshlangan noroziliklar Fransiya, qisman Buyuk Britaniya va Germaniyaga ham ta’sir qildi.
LiveBarchasi