Referendumda 62 foiz saylovchi ovoz berib bo‘ldi
Jamiyat
−
30 aprel 2023
3794Bugun, 30 aprel kuni soat 13:00 holatiga ko‘ra, 12 million 083 ming 105 nafar shaxs O‘zbekiston Konstitutsiyasi bo‘yicha referendum uchun ovoz berdi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi ma’lum qildi.
Eng ko‘p aholi Farg‘ona viloyatida – 1 million 453 ming 310 nafar fuqaro ovoz bergan. Keyingi o‘rinlarda ko‘p aholi ovoz berishi bo‘yicha Samarqand (1 236 980) va Qashqadaryo viloyatlari (1 146 011) qayd etilgan.
Statistikaga ko‘ra, soat 13:00 gacha respublikada jami 12 million 083 ming 105 nafar shaxs ovoz bergan, ya’ni saylovchilarning 62,24 foizi referendumda ovoz berishga ulgurgan.
LiveBarchasi