O‘zbekistonning 6 hududida masjidlar faoliyati tiklandi

Jamiyat

image

O‘zbekistondagi oltita hudud “yashil” toifaga kiritilib, ularda masjidlar faoliyati tiklandi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Shu yil 26 iyun holatiga, tuman va shaharlar epidemiologik toifalarining yangilangan ro‘yxati e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumani, Namangan viloyati Kosonsoy tumani, Surxondaryo viloyati Sariosiyo, Termiz, Angor va Uzun tumanlariga “yashil” hudud toifasi berildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasining karantin davrida masjidlar faoliyatini tashkil etish yuzasidan bayonotiga muvofiq, shu yil 29 iyundan boshlab, ushbu hududlarda joylashgan masjidlar namozxonlar uchun ochiladi.

“Qizil” yoki “sariq” hududlardan “yashil” hududlar qatoriga o‘tish va masjidlar o‘z faoliyatini qayta boshlashida – har bir insonning hissasi katta bo‘ladi, karantin mezonlariga amal qilish ayni matlub va shariatda buyurilgan ishdir.


Maqola muallifi

Teglar

masjid

Baholaganlar

179

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing