O‘zbekistonning 25 ta klubi OFK litsenziyalash jarayonida ishtirok etmoqda

Sport

image

Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) nazorati ostidagi klublarni litsenziyalash jarayoni yakunlanmoqda. Bu yilgi litsenziyalash jarayonlariga O‘zbekistonning 25 ta klubi jalb etilgan. Bu haqda O‘zbekiston professional futbol ligasi (O‘zPFL) matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Osiyo klublari musobaqalari kuz-bahorga o‘zgargach, litsenziyalash muddatlari ham tabiiy ravishda o‘zgargan. O‘zbek klublari yanvar, fevral va mart oylarida sport, infratuzilma, ishchi-xodim, huquqiy mezon bo‘yicha hujjatlar to‘plamini taqdim etdi. Oldinda faqat moliyaviy mezon sifatida auditorlik hisobotlari va buxgalterlik hujjatlarini topshirish qolmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, bu yil klublarni litsenzilyalash bo‘yicha bir qator ko‘rsatkichlarga erishilgan. 

Jumladan:

⦁  O‘zbekistonning 25 ta klubi OFK litsenziyalash jarayonida ishtirok etmoqda, bu o‘zbek futboli uchun rekord ko‘rsatkich;
⦁  faqatgina Yaponiya va O‘zbekiston uchta divizion klublarini litsenziyalashga jalb qilgan.

2020 yil Liga ilk marta Pro liga qatnashchilarini litsenziyalash jarayoniga qo‘shgandi, bu yildan boshlab ilk bor Birinchi liga klublari ham litsenziyalashda ishtirok etadi: “Do‘stlik Toshkent”, “Yangiyer”, “Zomin”.

Taqqoslash uchun, o‘tgan yili 12 ta o‘zbek klubi OFKdan litsenziya olgan va bu borada O‘zbekiston Yaponiya va Janubiy Koreyadan keyin Osiyoda uchinchi bo‘lgan. 

Shu yil iyun oyi so‘ngida OFK litsenziyasiga ega chiqqan klublar nomi rasman ma’lum bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

futbol OFK litsenziyalash jarayoni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing