Shavkat Mirziyoyev OFK prezidentini qabul qildi

Sport

−

image

Bugun, 17 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim Al Xalifani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, uchrashuvda O‘zbekistonning mazkur nufuzli sport tashkiloti bilan samarali hamkorligini yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqilgan.

Shayx Salmon bin Ibrohim Al Xalifa O‘zbekistonda havaskor va professional futbolni qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy infratuzilma va o‘qitish bazasini barpo etish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarni yuqori baholagan.

Shuningdek, uchrashuvda futbol akademiyalarini birgalikda rivojlantirish hamda “Har bir mahallada futbol maydonchasi” dasturi doirasida yoshlarni futbolga keng jalb etishga qaratilgan loyihalarni ilgari surish muhimligi ta’kidlangan.

Yakunda esa mamlakat hududida yirik futbol tadbirlari, jumladan, ayollar va o‘smirlar o‘rtasidagi chempionatlarni tashkil etish va o‘tkazish, sportchilar hamda murabbiylar tarkibini tayyorlashda uslubiy yordam ko‘rsatish, iste’dodli futbolchilarni saralash kabi yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni kengaytirishga kelishib olingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq OFK prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim Al-Xalifa O‘zbekistonga kelgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing