OFK Prezidenti O‘zbekistonga keldi
Sport
−
16 Oktyabr 718 1 daqiqa
Bugun, 16 oktyabr kuni Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (OFK) prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim Al-Xalifa O‘zbekistonga keldi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Shayx Salmon bin Ibrohim Al-Xalifa boshchiligidagi delegatsiya joriy yilning 16-18 oktyabr kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi.
Tashrif doirasida mamlakatda futbolni yanada ommalashtirish, uning infratuzilmasini rivojlantirish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan qator muhim loyihalar va ob’ektlar bilan tanishish rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFA) prezidenti Janni Infantino boshchiligidagi delegatsiya joriy yilning 29-30 sentyabr kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lgan edi.
Infantino tashrif doirasida O‘zbekistonda futbolni yanada ommalashtirish, uning infratuzilmasini rivojlantirish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan qator muhim loyihalar va ob’ektlar bilan tanishgandi.
Live
BarchasiJizzaxda 10 yoshli qiz zo‘rlandi
06 Oktyabr