O‘zbekistonning har bir hududida kamida bittadan nodavlat OTM ochiladi
Jamiyat
−
26 Oktabr 2020
3680O‘zbekistonda 2021 yil 1 sentyabrga qadar har bir hududda nodavlat, jumladan davlat-xususiy sheriklik asosida kamida bittadan oliy ta’lim tashkiloti tashkil qilinadi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Uzoqboy Begiqulov matbuot anjumnida ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan mazkur yangilik oliy ta’lim sohasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini oshirish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, Oliy ta’lim muassasalarining milliy reytingida so‘nggi 5 yil davomida doimiy ravishda birinchi 3 ta o‘rindan birini egallagan OTMlarga oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash bo‘yicha akademik va moliyaviy mustaqillik beriladi.
Bundan tashqari, maktab bitiruvchilarning 6 yillik baholarining o‘rtacha ko‘rsatkichi oliy ta’lim muassasasiga kirish imtihonlarida inobatga olinadi.
LiveBarchasi