O‘zbekistonliklarning suvdan qancha qarzi borligi ochiqlandi
Jamiyat
−
14 noyabr 2022
9771O‘zbekiston bo‘ylab iste’molchilarning suv ta’minotidan debitor qarzdorlik 1,3 trillion so‘mga yetdi. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘tkazilgan brifingda “O‘zsuvta’minot” AJ matbuot xizmati rahbari Akmal Murodov ma’lum qildi.
Rasmiyning so‘zlariga ko‘ra, 1,3 trillion so‘m qarzning 1,1 trillion so‘mi jismoniy iste’molchilar, 200 milliard so‘mlik qarzdorlik yuridik iste’molchilar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Qarzdorlik miqdori eng yuqori bo‘lgan hududlar:
• Toshkent shahri: 256 milliard so‘m;
• Toshkent viloyati: 150 milliard so‘m;
• Andijon viloyati: 125 milliard so‘m.
Shuningdek, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida “O‘zsuvta’minot” aksiyadorlik jamiyati va uning hududiy suv ta’minoti korxonalari tomonidan ichimlik va oqova suv tizimlariga jami 1 515 ta noqonuniy ulanish holatlari aniqlangan.
Eng ko‘p noqonuniy ulanish holatlari aniqlangan hududlar:
• Toshkent viloyatida – 572 ta;
• Xorazm viloyatida – 317 ta;
• Samarqand viloyatida – 306 ta.
Mazkur qonunbuzarliklar natijasida jami qariyb 40 milliard so‘mlik zarar yetkazilgan.
LiveBarchasi