O‘zbekistonliklarning Dubayga kirishi taqiqlandimi?
Jamiyat
−
28 aprel
6818Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston fuqarolarining BAAga kirishi taqiqlangani haqida xabarlar tarqaldi. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirining matbuot kotibi Ahror Burhonov holatga munosabat bildirib, bunday xabarlarni asossiz va feyk deb atadi.
“O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi mavjud vizasiz tartib o‘z kuchida qolmoqda. Rasmiy manbalar bunday choralar joriy etilgani haqida hech qanday ma’lumot bermagan.
Faqat rasmiy va tasdiqlangan manbalarga ishonishingizni so‘rab qolamiz”, deydi Burhonov.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq BAA sudi o‘tgan yilning noyabr oyida Dubayda yahudiy ravvini Svi Koganni o‘ldirishda gumon qilinib ushlangan uch nafar o‘zbekistonlikni o‘limga hukm qilgandi. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ham QALAMPIR.UZ'ga BAAda o‘zbekistonliklar o‘limga hukm qilinganini tasdiqladi. Joriy yil aprel oyida esa Dubayda o‘zbekistonliklar o‘rtasida pichoqbozlik bo‘lgani va buning oqibatida bir kishi vafot etgani haqida xabarlar tarqalgandi. Ma’lum bo‘lishicha, mazkur holat bo‘yicha 15 nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olingan. Shundan so‘ng, so‘nggi vaqtlarda O‘zbekiston fuqarolari tomonidan sodir etilayotgan qonunbuzarlik holatlari ko‘payayotgani ikki davlat o‘rtasidagi vizasiz tartibga ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi ta’kidlangan. Keyin esa Saudiya Arabistoni O‘zbekiston fuqarolari uchun elektron viza olish imkonini yopib qo‘ydi.
LiveBarchasi