O‘zbekistonliklarni olib ketayotgan avtobus Qozog‘istondagi trassada qolib ketdi
Olam
−
14:21
3043Bugun, 21 dekabrga o‘tar kechasi Qozog‘istonning Oqto‘ba viloyatidagi trassa ichida 50 ga yaqin O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan avtobus buzilib qoldi. Bu haqda “ORDA” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Samara-Chimkent yo‘lining Irgiz tumanidan o‘tgan qismida yo‘lovchi avtobusning buzilishi oqibatida odamlar kuchli sovuqda qolib ketgan. Ularning 46 nafari O‘zbekiston fuqarolari, yana 6 nafari Tojikiston fuqarolaridir.
Biroz muddat yo‘lovchilar kuchli sovuqda qolgan. Keyinchalik ular Irgiz tumanidagi issiq boshpanaga yuborilgan.
“Yo‘lovchilardan hech kim tibbiy yordam so‘rab murojaat qilmagan”, deyiladi Qozog‘iston FVB xabarida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyadagi avtohalokatda 5 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgandi.
LiveBarchasi