O‘zbekistonliklarni fohishalik uchun sotgan ayol Turkiyada ushlandi
3-sahifa
−
19 yanvar
20349Chet elda qonunga xilof ravishda O‘zbekiston fuqarolarining hujjatlarini olib qo‘ygan va ularni shahvoniy maqsadlarda sotib yuborgan ayol Turkiyada qo‘lga olindi. Bu haqda Istanbul shahridagi Bosh konsulxona xabar berdi.
O‘zbekiston va Turkiya Ichki ishlar vazirligi hamkorligida odam savdosi jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan qidiruvda bo‘lgan, 1990 yilda tug‘ilgan O‘g‘ilxon Saliyeva Toshkent shahriga deportatsiya qilindi.
Xabarda ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yoki O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yoxud ichki ishlar organlarining quyi hududiy bo‘linmalariga murojaat qilish so‘ralgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 10 yildan buyon O‘zbekistonda avtomobil savdosida ko‘plab firibgarlik jinoyatlarini sodir etganlikda ayblanib, 2015 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan shaxs ham Turkiyada qo‘lga olingandi.
LiveBarchasi