O‘zbekistonliklarga qaysi mahsulotlar narxi oshgani sezildi?

Jamiyat

image

2024 yilning dekabr oyida o‘zbekistonliklarga sezilgan narxlari oshgan mahsulotlar – go‘sht, sut, benzin hamda boshqa yonilg‘ilar bo‘ldi. Bu haqda aholi o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazgan Markaziy bankning hisobotida keltirilgan.

So‘rovnomada jami 2674 ta respondent qatnashgan. Unga ko‘ra, dekabr oyida aholi tomonidan sezilgan inflatsiya darajasi noyabr oyiga nisbatan tezlashib, 14,7 foizni tashkil etdi. Oy davomida elektr va tabiiy gaz, meva-sabzavotlar hamda tuxum narxlarida yuqori darajada o‘sishni sezganlar ulushi ko‘paygan bo‘lsa-da, so‘rovnomada qatnashganlarning katta qismi go‘sht va sut hamda benzin va boshqa yonilg‘i narxlari yuqori darajada o‘sganini aytgan.

Sezilgan inflatsiya darajasining yuqori ko‘rsatkichi Toshkent shahrida (18,3 foiz) qayd etilgan bo‘lsa, nisabatn past sezilgan inflatsiya darajasi Xorazm viloyatida (12,8 foiz) kuzatilgan.

Oy davomida elektr va tabiiy gaz (45 foiz), meva-sabzavotlar (33 foiz) va tuxum (29 foiz) narxlarida yuqori darajada o‘sishni sezganlar ulushi ko‘paygan.


Daromadlari 2 million so‘mgacha va 7 million so‘mdan yuqori bo‘lgan aholi tomonidan sezilgan inflatsiya darajasi respublika bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqori darajada shakllangan. Xususan, 15 million so‘mdan ko‘p daromad egalari sezgan inflatsiya 18,4 foizni tashkil qilgan. 16,3 foiz respondent esa daromadga ega emas.

Aholi tomonidan sezilgan inflatsiya darajasi ishlab chiqarish sohasi vakillari tomonidan bildirilgan bo‘lsa, nisbatan past sezilgan inflatsiya darajasi maishiy xizmat sohasi vakillari tomonidan qayd etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

go'sht sut o'zbekistonliklar so'rovnoma benzin inflatsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing