O‘zbekistonliklar uchun Umra safari tiklanishi kutilyapti. Ammo...
Jamiyat
−
15 dekabr 2021
15328Avvalroq O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiq Toshboyev boshchiligidagi delegatsiya Umra ziyoratini tashkil qilish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish uchun Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketgani haqida xabar bergan edik.
Joriy yilning 1-9 dekabr kunlari Saudiyada bo‘lgan delegatsiya butun dunyoda qo‘llanilayotgan karantin cheklovlari sharoitida Umra safarini tashkil qilish bo‘yicha Podshohlik muassasalari bilan muzokaralar olib bordi.
“Inshaalloh, yaqin fursatlarda, COVID pandemiyasi boshlanishidan avval Umra safari uchun pul to‘lab, navbatda turganlar va boshqa fuqarolar uchun tabarruk ziyoratni amalga oshirish imkoniyatlari yaratiladi”, deyiladi Musulmonlar idorasi xabarida.
Ammo karantin tartiblariga muvofiq mehmonxonalarda ziyoratchilarning xonalarga, avtobuslarda o‘rindiqlarga joylashtirishda oraliq masofa hisobiga 50 foizgacha qisqartirilish, oziq-ovqat mahsulotlarini qadoqlangan holda tarqatish, o‘rnatilgan boshqa karantin tartib-qoidalariga rioya etish unchalik katta bo‘lmagan miqdorda qo‘shimcha mablag‘larni talab etishi mumkin.
Qayd etilishicha, Umra ziyoratlari muddatlari, qo‘shimcha to‘lov miqdori, vaksinatsiya to‘g‘risidagi ma’lumotlar tez orada ma’lum qilinadi.
LiveBarchasi