O‘zbekistonliklar uchun Umra narxi yana oshirilishi kutilmoqda

Jamiyat

image

Saudiya Arabistoni hukumati tomonidan barcha yirik musulmon mamlakatlariga Umra ziyoratini tashkil etishga ruxsat berilishi ortidan podshohlikdagi barcha servislarga talab oshdi. Bu o‘zbekistonlik ziyoratchilarning Ramazon oyida tashkil etiladigan Umra tadbirlari narx-navosiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Bu haqda O‘zbekiston Musulmonlari idorasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 17 mart holatiga 21 mingdan ortiq ziyoratchi Saudiya Arabistoniga jo‘natilib, ulardan 16 ming nafardan ziyodrog‘i Umra amallarini to‘liq ado etib, O‘zbekistonga qaytib kelgan. Hozirda 5 ming 600 nafarga yaqin ziyoratchi Saudiya Arabistonida Umra ziyoratlarini amalga oshirmoqda.

Bugunki kunga kelib, Saudiya Arabistonida COVID-19 pandemiyasi bilan bog‘liq o‘rnatilgan karantin talablari yumshatilib, podshohlikka PZR test javobisiz kirish hamda oraliq masofani saqlash tartibi bekor qilingan. Shuningdek, 5 martdan o‘zbekistonlik ziyoratchilardan ham PZR testi talab etilmaydigan bo‘ldi.

Shuningdek, Saudiya Arabistoni hukumati tomonidan barcha davlatlar, xususan, Turkiya, Malayziya, Indoneziya, Eron va Misr kabi yirik musulmon mamlakatlariga Umra ziyoratini tashkil etishga ruxsat berildi.

“Bu, o‘z navbatida, hozirgi kunda Saudiya Arabistonida mehmonxona va boshqa turdagi servislarga talab oshishiga, xususan, Ramazon oyida tashkil etiladigan Umra tadbirlarining narx-navosiga ham ta’sir ko‘rsatishiga sabab bo‘ladi”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, ayni vaqtda o‘zbekistonliklar o‘rtacha17,8 million atrofida to‘lov qilib ziyoratga ketmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Umra ziyorat

Baholaganlar

417

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing