O‘zbekistonliklar uchun Saudiyaga elektron viza olish to‘xtatilishi vaqtinchalik chora ekani aytildi
Jamiyat
−
02 may 5895 1 daqiqa
Avvalroq, Saudiya Arabistoni O‘zbekiston fuqarolari uchun elektron viza olish imkonini yopib qo‘ygandi. QALAMPIR.UZ buning sababiga aniqlik kiritish maqsadida O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirining matbuot kotibi Ahror Burhonov bilan bog‘landi.
Uning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston fuqarolari uchun Saudiya Arabistoniga elektron viza olish imkonining yopib qo‘yilishi Haj ziyoratini amalga oshirish uchun boradigan ziyoratchilarning kelib-ketishini tartibga solish maqsadida amalga oshirilgan vaqtinchalik chora bo‘lib, Haj mavsumi tugaganidan so‘ng bunday imkoniyat o‘zbekistonliklar uchun qayta tiklanishi kutilmoqda.
Qayd etish joiz, O‘zbekiston fuqarolari uchun Saudiya Arabistoniga onlayn sayyohlik vizasini olish imkoni 2023 yil avgust oyida ochilgan edi. Ammo ayni damda “e.visa” saytida o‘zbekistonliklar uchun Saudiya Arabistoniga viza olish imkoniyati mavjud emas. Biroq Markaziy Osiyo mamlakatlaridan Qozog‘iston va Qirg‘iziston fuqarolarida bu imkoniyat saqlanib qolgan.
Eslatib o‘tamiz, 29 aprel kunidan boshlab Saudiya Arabistoni ruxsatnomasiz Haj amalini ado etganlar va bunga yordamlashganlarga jarima va deportatsiya kabi choralarni qo‘llay boshlagandi. Ruxsatnomasiz haj ibodatini ado etayotgan yoki ado etishga urinayotgan shaxslarga 20 000 Saudiya rialigacha (5,3 ming AQSH dollari) miqdorida.