O‘zbekistonliklar uchun Saudiya Arabistoniga viza olish soddalashtirilishi kutilmoqda
Jamiyat
−
22 may
8123O‘zbekistonning Saudiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Nodirjon Turg‘unov Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirining konsullik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Ali al-Yusuf bilan O‘zbekiston fuqarolarini viza talablaridan ozod qilish masalasini muhokama qildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, uchrashuvda ikki mamlakat Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida konsullik-huquqiy masalalar bo‘yicha maslahatlashuvlarni o‘tkazish va O‘zbekiston fuqarolarini viza talablaridan ozod qilish istiqbollari muhokama qilingan.
Shuningdek, Ali al-Yusuf O‘zbekistonning mintaqada ilg‘or rivojlanib borayotganini va bir qator yirik tadbirlarga mezbonlik qilayotganini e’tirof etgan. Xususan, joriy yil aprel oyida Toshkent shahrida "Markaziy Osiyo — Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi" strategik muloqoti Tashqi ishlar vazirlarining ikkinchi yig‘ilishi yuqori darajada bo‘lib o‘tgani ta’kidlangan.
Qolaversa, shu yil mart oyida Ar-Riyoz shahrida ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi ham muvaffaqiyatli o‘tgani qayd etilgan.
"2023 yil 1 yanvar oyidan boshlab Saudiya fuqarolariga O‘zbekistonga 30 kun muddatda vizasiz kirish tartibini joriy etilgani bizni juda quvontirdi. Bu o‘z o‘rnida sayyohlar oqimining oshishiga, o‘zaro savdo hajmining ortishiga turtki bo‘lmoqda", degan Saudiya Arabistoni TIV rahbari o‘rinbosari.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistonliklar uchun qancha Haj kvotasi ajratilgani aytilgan edi.
LiveBarchasi