O‘zbekistonliklar uchun Haj va Umra safariga yo‘l ochilishi mumkin

Jamiyat

image

Bugun, 1 dekabr kuni erta tongda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov hazratlari va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboyev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi ma’lumot berdi.

O‘zbekiston delegatsiyasi fuqarolarga Haj va Umra ziyoratini amalga oshirish imkoniyatini qaytadan tiklash uchun Saudiyaga ketgan.

Musulmonlar idorasi o‘tgan ikki yil davomida pandemiya tufayli butun dunyo mo‘min-musulmonlari Haj va Umra amallarini ado etish baxtidan bebahra qolganini ta’kidlagan.

“Allohga shukrki, so‘nggi vaqtlarda Saudiya Arabistoni va yurtimizda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yaxshilanayotgani, kunlik kasallanish darajasi kamayayotgani, vaksina olgan aholi miqdori oshib borayotgani va cheklovlar yumshatilayotgani O‘zbekiston xalqini cheksiz quvontirmoqda.

Ayni kunlarda yurtimiz mo‘min-musulmonlari katta intiqlik bilan umra mavsumining boshlanishini kutishmoqda. Umid qilamizki, tez orada mavjud ehtiyot choralari ham yumshab, yurtimiz musulmonlari yana emin-erkin umra ibodatlarini ado etish saodatiga erishadilar, Insha Alloh”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Haj Umra

Baholaganlar

148

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing